Yaponiyaning JR East temir yo‘l kompaniyasi yo‘lovchilarga Ueno stansiyasidan Omiya stansiyasigacha bir daqiqa tezroq yetib olishga imkon beruvchi ikki yillik qurilishni boshladi. Poyezdni tezlashtirish uchun muhandislar temir yo‘l relslari atrofida tovushni yutuvchi panellar o‘rnatishadi. Bu haqda Nikkei nashri ma'lum qildi.
Ko‘rinishicha, JR East uchun stansiyalar o‘rtasidagi qatnovni bir daqiqaga tezlashtirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biroq buning uchun poyezdlar tezligini hozirgi 110 km/soatdan 130 km/soatgacha oshirish lozim.
Kompaniya muhandislari 10 yildan oldinroq buni amalga oshirishga harakat qilishgan, biroq temir yo‘l yaqinida joylashgan uylar aholisining noroziligiga uchrashgan. Yuqori tezlikda poyezdlar juda shovqin ovoz chiqargan.
Endi kompaniya temir yo‘l yaqinidagi odamlar yashovchi hududlar atrofida tovushni yutuvchi panellar qurishga 2 yil sarflamoqchi. Shundan keyin poyezdlar 130 km/soatgacha tezlasha oladi va bu ularni maksimal bir daqiqaga tezlashtira oladi: stansiyalar o‘rtasidagi masofani esa hozirgi 30 daqiqa o‘rniga 29 daqiqada bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.
Ko‘rinishicha, loyiha katta sarmoya talab qilmaydi, biroq anchagina vaqt oladi. Kompaniyada bu yo‘lovchilar oqimining jiddiy oshishiga yordam berishiga ishonilmoqda.
“Biz vaqtni bir daqiqaga kamaytirib, yo‘lovchilar sonining oshishiga katta qadam bosamiz”, deb aytgan kompaniya vakili.