Qatar amiri JCh-2018 finaliga tashrif buyurib, Putin bilan uchrashadi

Sport 18:10 / 07.07.2018 10372

Qatarning Rossiyadagi elchisi Fahad Muhammad al-Attiyya mamlakat amiri Tamim bin Hamad Al-Tani JCh-2018 final o‘yiniga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish istagida ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Moskvadagi Qatar uyining ochilish marosimidan «NTV» xabar bermoqda.

«Amir Jahon chempionatining final bahsiga tashrif buyuradi, shuningdek, Rossiya prezidenti bilan uchrashishni ham rejalashtirmoqda», - degan elchi.

Eslatib o‘tamiz, mundial finali 15 iyul kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tadi. Keyingi Jahon chempionatiga Qatar mezbonlik qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: