Vitaliy Denisov «Lokomotiv» bilan shartnomani uzaytirdi

Sport 21:36 / 06.07.2018 7388

O‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov Moskvaning «Lokomotiv» klubini tark etmaydi.

«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, futbolchi «temiryo‘lchilar» bilan bir yillik shartnomani imzolagan.

31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum davomida jarohatlar girdobida qolib, atigi 11ta o‘yinda maydonga tushgan edi. Davolanib, maydonga qaytgach esa avvalgi saviyasiga chiqolmadi va raqobatda Lisov bilan Ribusga yutqazdi.

Shundan so‘ng, uning «Lokomotiv»ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: