Neymarda muammo tug‘ildi

Braziliya terma jamoasi a'zosi Neymar jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan o‘ng oyog‘ida og‘riq sezmoqda.
Sport-Ekspress xabariga ko‘ra, u bugungi mashg‘ulot boshlanganidan 5 daqiqa o‘tib fizioterapevt hamrohligida maydondan chiqib ketgan.
U Shveytsariyaga qarshi o‘yindan keyingi ilk mashg‘ulotda ham ishtirok etmagandi.
Xabar qilinishicha, u ertaga mashg‘ulotni davom ettiradi.
Braziliya E guruhida ishtirok etmoqda. Birinchi turda shveysarlarni mag‘lub eta olmagan «pentakampeonlar» 22 iyun kuni Sankt-Peterburgda Kosta-Rikaga qarshi o‘ynaydi, guruh bosqichining uchinchi uchrashuvi 27 iyun kuni Moskvada «Spartak» o‘yingohida Serbiyaga qarshi o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar fevral oyi oxirida Fransiya chempionatida «Marsel»ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olgan, 3 mart kuni tizzasidan operatsiya qilingan va mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborgandi.
Mavzuga oid

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi

05:19 / 28.01.2025
Rasman: «Al Hilol» va Neymar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi

17:00 / 26.09.2024