Bu yil iPhone SE 2 smartfoni bilan bog‘liq vaziyat tushunarsiz tus oldi. Dastlab uni mart oyida namoyish etishga va'da berishdi, eng ishonchli manbalardan shunday xabar tarqalgandi, taqdimotdan keyin esa mobil qurilma namoyish sanasi iyunning boshida bo‘lib o‘tgan WWDC 2018 ko‘rgazmasiga ko‘chdi. Shunga qaramay, bu smartfon u yerda namoyish etilmadi, natijada ko‘plab odamlar taassufda qolishdi. Bugun esa ushbu smartfonning yangi taqdimot sanasi haqida e'lon qilindi.
Manbaga ko‘ra, Apple kompaniyasi iPhone SE 2 smartfoni taqdimotini joriy yilda o‘tkazadi, bu yaqin orada bo‘lishi ta'kidlanmoqda. Smartfon yangi iPhone liniyasining kenja modeli bo‘lishi kutilmoqda, uning taqdimoti esa taxminan 11 sentabr ekani ma'lum qilinmoqda.
Yangi mobil qurilma katta 4,6 dyuymli ekranga ega bo‘lib, 2 GB operativ xotira bilan to‘ldirilgan zamonaviy 6 yadroli Apple A11 Bionic protsessori bilan ta'minlanadi.
Insayder ma'lumotlariga ko‘ra, telefon ikki asosiy kameraga ega bo‘lmaydi, chunki u hamyonbop, lekin eng yangi texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi smartfon bo‘lishi kutilmoqda. Bu smartfon, birinchi navbatda aholisi qimmat telefonlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan mamlakatlar bozori uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, iPhone SE 2 egalari Lightning kabeli orqali tezkor zaryad funksiyasidan foydalanishga ham umid qilishlari mumkin, biroq uni qo‘llash uchun Power Delivery texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi adapter xarid qilishga to‘g‘ri keladi.
Yangi "olma" qurilmasining narxiga oid ma'lumotlar hozircha yo‘q.