Jahon | 07:37 / 11.06.2018
11759
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel Trampning Rossiyani G8’ga qaytarish bo‘yicha gaplariga ishonmagan

Foto: Yves Herman /Reuters

Germaniya kansleri Angela Merkelning ARD telekanali efirida ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyani «Katta sakkizlik» shaklida muzokaralarga qaytarish bo‘yicha dalillariga ishonmagan. 

«Men Trampning Rossiyani G8’ga qaytarish bo‘yicha pozitsiyasi shakllanishiga nima sabab bo‘lganini aniq ayta olmayman. Albatta, biz unga savol berdik, biroq javob ishonchli chiqmadi», - deya aytib o‘tdi Merkel.

Merkelning ta'kidlashicha, Rossiya urush va tinchlik masalalarida muhim o‘rin tutadi, ammo G7 shaklida ayni paytda umumiy qadriyatlarni hurmat qiluvchi davlatlar jamlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Merkel Rossiya G8’ga nega qaytarilmasligini aytgandi.

Mavzuga oid