Guliston shahar hokimi o‘zgardi

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Joriy yilning 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Tashrif davomida bosh vazir raisligida viloyat markazi Guliston shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 2, 6, 25-moddalariga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan, Guliston shahri hokimi Sherzod Shuhratullayevich Ismatullayev o‘rniga To‘lqinjon To‘lanovich Dadabayev Guliston shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
T.Dadabayev 1965 yil Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Bugungi kunga qadar “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Mavzuga oid

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?

09:49 / 15.02.2025
Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi

23:02 / 23.01.2025