1 iyun kunidan Toshkent metropolitenida suratga tushishga va videoga olishga rasman ruxsat berilgan.
Metropolitendan foydalanish qoidalarining foto- va videos'yomkalarni taqiqlovchi 5.11-bandi yopib qo‘yilgani holda «Yo‘lovchilarning huquqlari» bo‘limida 4.2-band paydo bo‘lgan: «Foto-video suratga olishga ruxsat etiladi».
Bundan tashqari, ayrim bekatlarga tekin WI-FI xizmati ham o‘rnatilgan, bunda faqat har qanday holatda ham xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish so‘raladi.
O‘tgan yillar mobaynida metropolitendan foydalanish qoidalari 5.11 bandiga ko‘ra metropolitenda fotoapparat, videos'yomkalar va boshqa texnikalardan foydalanish taqiqlangan edi.
Toshkent metropolitenini qurish ishlari 1972 yilda boshlangan. Hozirda jami 29ta bekat Toshkent shahri aholisiga xizmat qilmoqda. Metropolitenda poyezdlar 40-65 km/soat tezlikda harakatlanadi. Bir kunda ushbu xizmatdan 300 mingdan ortiq kishi foydalanadi. Metropolitenda eng so‘nggi o‘zgarishlardan biri «Bunyodkor» bekati nomi «Xalqlar do‘stligi»ga o‘zgartirilgani bo‘ldi.
Toshkent metropoliteni mutaxassislarning fikriga ko‘ra 9 ballik zilzilaga dosh beradi.