“Arsenal” afsonasi Sheremetevo aeroportida tunaldi

Foto: Getty Images
Moskvaning Sheremetevo aeroportida Londonning “Arsenal” klubi va Nigeriya terma jamoasining sobiq futbolchisi Nvankvo Kanudan 11 ming dollar o‘g‘irlash gumoni bilan ikki nafar yukchi qo‘lga olindi.
Kanu Londondan Moskvaga kelgan va u yerdan Kaliningradga uchib ketgan. Kaliningraddagi Xrabrovo aeroportida u yukini olgan, biroq mehmonxonada puli yo‘qolganini aniqlagan.
Kaliningradda 16 iyunda Nigeriya terma jamoasi jahon chempionati doirasida Xorvatiya bilan uchrashadi.
41 yoshli Kanu Nigeriya terma jamoasi safida 1994 yildan 2011 yilgacha to‘p surgan. U, shuningdek, “Ayaks”, “Inter”, “Arsenal”, “Vest Bromvich” va “Portsmut” klublari sharafini himoya qilgan.
Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ta'kidlanishicha, o‘g‘irlangan pullar tez orada egasiga qaytariladi.
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:35 / 23.02.2025
«Arsenal» poygadan chiqmoqda, «Barselona» revansh oldi. Kun o‘yinlari

18:10 / 20.02.2025