Rossiya: AQShning Suriya bo‘yicha siyosati teatrlashtirilgan shou

Jahon 12:54 / 31.05.2018 12123

Rossiyaning Jyenevadagi BMT bo‘linmasida doimiy vakili Gennadiy Gatilovning «Izvestiya» gazetasiga ma'lum qilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari qurolsizlanish masalasiga bag‘ishlangan konferensiyani siyosiylashtirmoqda hamda shu tariqa Suriyadagi mojaroni hal etishga to‘sqinlik qilyapti.

«Bizda shunday tasavvur paydo bo‘lmoqdaki, amerikaliklar Jyenevada qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyada ishtirok etib, konferensiya ishini siyosiylashtirmoqchi va Suriyani qator xalqaro konvensiyalarga rioya etmayotgan, kimyoviy qurolni qo‘llayotgan davlat sifatida ayblashmoqchi. Ularning pozitsiyasi shundan iboratki, ushbu davlat qurolsizlanish bo‘yicha organni boshqarishga mos emasligi haqida hammaga ochiq bayonot berish», - deya aytib o‘tdi Gatilov.

Avvalroq AQShning Jyeneva konferensiyasidagi doimiy vakili Robert Vud Suriyaning konferensiyada raislik qilishi «teatrlashtirilgan shou» ekani haqida bayonot bergandi. O‘z navbatida, Gatilovning ma'lum qilishicha, AQShning o‘zi konferensiyani «teatrlashtirilgan shouga» aylantirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Suriya prezidenti Bashar Asad Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriya hududidan chiqib ketishi kerakligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: