Balage: "Real" Neymarni xarid qilish uchun Ronaldu va Beylni sotishi mumkin

Foto: Getty Images
Sky Sports jurnalisti Gilem Balage "Real Madrid" hujumchilari Krishtianu Ronaldu hamda Garet Beyl bilan bog‘liq holatlar haqida fikr bildirdi.
"Beyl o‘z ichida nimani his qilayotganini oshkor qilish uchun yaxshi imkon topdi. Yaqin vaqtlargacha "Real" ham, "Garet" ham hamkorlikni davom ettirish tarafdori ekani haqida gapirishayotgan edi. O‘ylashimcha, Beyl xonadan chiqishi bilan klub boshqa gaplarni aytishni boshlaydi. U buni tushunadi va hafsalasi pir bo‘lgan. Garet har hafta o‘ynashni xohlaydi. O‘z o‘rnida Zidan ham Beylning doimo zaxirada o‘tirishiga bo‘lgan munosabatidan hafsalasi pir bo‘lganini ayta olmaydi.
Kecha hamma bu futbolchining qanday sifatlarga ega ekanini ko‘rdi. Ko‘pchilik nima uchun u asosiy tarkibda tushmagani haqida ham o‘ylab qoldi. Bu Garetning ham boshida aylanayotgan fikrlar. U o‘zining dunyodagi eng kuchli besh o‘yinchidan biri deb hisoblaydi va shuning uchun yoki "Real", yoki boshqa klubda o‘ynashi kerak deb o‘ylaydi.
Shuningdek, Krishtianu Ronaldu haqida ham gaplashish kerak. Neymar – "Real" prezidenti Florentino Peresning orzusi. U Ronaldu hamda Beylni sotish orqali Neymar transferiga yetadigan pullarni ishlab olsa, qattiq xafa bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Ishonamanki, Peresda bunday imkoniyat bo‘lsa, u Neymarni xarid qiladi", – dedi Balage.
Mavzuga oid

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

05:19 / 28.01.2025