O‘zbekistonda Skype’ni yuklab olish keskin ortdi. Bundan App Annie ma'lumotlari darak bermoqda, deb yozadi Spot.
22 maydan 23 maygacha Skype App Store Uzbekistan’da 111 o‘ringa ko‘tarildi va hozircha bepul ilovalar reytingida 23-pog‘onani egallab turibdi.
Viber 8 pog‘onaga ko‘tarildi, lekin keyin 11 o‘ringa tushib ketdi. WhatsApp ko‘rsatkichi o‘zgarmagan – ilova bir necha oydan beri eng ko‘p yuklab olinuvchi dasturlar top-10ligida.
App Store Uzbekistan’da birinchi o‘rinni hamon «Yandeks.Taksi» egallab turibdi, ikkinchi - Telegram, uchinchi - Instagram.
Ilovalarga qiziqish «O‘zbektelekom» bosh direktori Farhod Ro‘ziyevning O‘zbekistonda Skype, WhatsApp, Viber ovozli ilovalar ishi tiklangani haqidagi bayonoti bilan bog‘liq. Bunga qadar, masalan, 21 mayda, Skype hattoki top-100da bo‘lmagan.