Motorlashtirilgan kulba tezlik rekordini o‘rnatdi

Foto PA
Uelsning Pendayn-Sendz plyajida soatiga 101 mil (162 km/soat) tezlikka erishgan motorlashtirilgan kulba o‘zining tezlik rekordini yangiladi.
Kulbaning egasi 53 yoshli bog‘bon Kevin Niks Oksfordshirdan bo‘lib, u noodatiy transport vositasiga 13 ming funt sterlingga yaqin pul sarflagan. Niks uni yaratishdagi barcha ishlarni o‘zi bajargan: kulbani qurgan, unga dvigatel o‘rnatgan va shassi mahkamlagan. U dvigatelni kuchlirog‘iga almashtirib, transport vositasini bir necha bor takomillashtirgan.
“Keyin men bu kulba qanchalik tezlasha olishi mumkinligi haqida o‘ylay boshladim. Men bir nechta musobaqalarda ishtirok etib, barchasida g‘olib bo‘ldim”, deb aytmoqda Niks.
Kulba qatnov uchun litsenziyaga ega bo‘lib, Niks do‘konlarga borish va qizini maktabiga eltib qo‘yish uchun uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan.

Mavzuga oid

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

11:56 / 06.02.2025
Yaponiyada rekord darajada qor: bir kishi halok bo‘ldi, o‘nga yaqin odam jarohatlandi

00:00 / 02.01.2025
BAAda dronlar yordamida uyushtirilgan shouda ikkita rekord o‘rnatildi

19:16 / 23.11.2024