Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi

Jahon 19:20 2591

Londonda dunyodagi eng baland va eng pakana ikki ayolning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Turkiyalik veb-dizayner hamda hindistonlik aktrisa-bloger bir piyola choy ustida suhbatlashdi, deb xabar bermoqda Guinness World Records sayti.

Turkiyalik Rumaysa Gelji bugungi kunda sayyoramizdagi eng baland ayol hisoblanadi. 27 yoshli Geljining bo‘yi 215,16 santimetrni tashkil etadi. Unga kamdan kam uchraydigan Uiver sindromi tashxisi qo‘yilgan, bu kasallik tananing tez o‘sishi va suyaklar deformatsiyasiga olib keladi.

Rumaysa boshqa rekordlar ham o‘rnatgan: u ayollar orasida eng uzun qo‘llar, eng uzun orqa va eng uzun quloqlar sohibasidir.

Dunyodagi eng past ayol — hindistonlik 30 yoshli Jyoti Amjining bo‘yi 62,8 santimetrni tashkil etadi. Unga axondroplaziya, ya’ni suyaklar o‘sishi buzilishi tashxisi qo‘yilgan.

Bo‘ylaridagi 152,36 santimetrlik farqqa qaramasdan, ayollar tezda do‘stlashib ketishgani ta’kidlanmoqda. Ular hayotiy tajribalar bilan o‘rtoqlashgan. Ayollarning o‘zi moda, pardoz-andoz, tirnoq bezatish va taqinchoqlarga muhabbat kabi ko‘plab umumiy qiziqishlari borligini aytishdi.

Ko‘proq yangiliklar: