Pashinyan Putin bilan uchrashmoqchi va Tog‘li Qorabog‘ga bormoqchi

Foto: Aleksandr Miridonov / «Kommersant'»
Armanistonning yangi saylangan bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.
U rossiyaliklar prezidenti bilan 14 may kuni Sochida Yevroosiyo iqtisodiy kengashining oliy darajali yig‘ilishi vaqtida uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.
Pashinyan shuningdek, 9 may kuni Tog‘li Qorabog‘ga borishni rejalashtirgan. Armaniston parlamentidagi chiqishi chog‘ida u Qorabog‘ nizosini tinch yo‘l bilan hal qilish uchun bu masalani Ozarboyjon tomoni bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirgan.
Pashinyan 8 may kuni Milliy yig‘ilishda o‘tkazilgan saylov natijasida mamlakatning yangi bosh vaziri etib saylandi. Uning nomzodi 59 nafar deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi (53 ovoz talab etilgandi), — 42 kishi qarshi bo‘ldi. U endilikda muxolifatga aylangan Respublika partiyasi vakillari bergan ovozlar evaziga saylanishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid

18:17 / 09.01.2025
Armaniston hukumati YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

16:54 / 29.12.2024
Lukashenko va Pashinyan gap talashib qoldi

21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi

00:12 / 13.09.2024