Nikol Pashinyan Armaniston bosh vaziriga aylandi

Muxolif siyosatchi, «Grajdanskiy dogovor» partiyasi va «Yelk» fraksiyasi a'zosi Nikol Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib saylandi. Uning nomzodi uchun parlamentning 59 nafar deputati ovoz berdi, 42 kishi qarshi chiqdi.
8 may kuni Pashinyan mamlakat bo‘ylab dam olish kuni e'lon qilgandi. Shuning uchun armanlar Yerevandagi Respublika maydoniga to‘plandi va parlament yig‘ilishi va ovoz berish jarayonini jonli kuzatishdi.
Nikol Pashinyan armanistonliklarni soat 20:00da maydonga chiqib, g‘alabani nishonlashga chaqirgan.
1 may kuni o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida Pashinyan kerakli 53 ovoz o‘rniga 45 ovoz qo‘lga kiritgandi. Respublika partiyasi uni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgandi. Shundan so‘ng, muxolif siyosatchi tarafdorlarini mamlakatda navbatdagi tartibsizliklarni uyushtirishga chaqirdi, keyingi kuniyoq respublikachilar o‘z qarorlarini o‘zgartirishga va'da berishdi.
Mavzuga oid

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

16:48 / 12.02.2025
Armaniston parlamenti YeIga a’zo bo‘lishni boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

12:06 / 29.01.2025
Rossiyaning Kavkazdagi asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Armaniston nega AQShning strategik hamkoriga aylanmoqda?

18:56 / 17.01.2025