A Seriya. "Yuventus" o‘z maydonida g‘alaba qozonib, "Napoli"dan 7 ochko ilgarilab ketdi

Foto: Twitter/JuventusFC
Italiya chempionati 36-turining navbatdagi bahsi o‘z nihoyasiga ketdi.
Musobaqada peshqadamlik qilib turgan "Yuventus" o‘z maydonida "Bolonya"ni qabul qilib, 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mehmonlar 30-daqiqada Verdining penaltidan kiritgan goli evaziga hisobni ochishgan bo‘lsa, 51-daqiqada De Meoning avtogoli sabab oradagi farq yo‘qqa chiqdi. Hedira 63-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, oradan 6 daqiqa o‘tib, Dibala jamoaning ishonchli g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Shu tariqa, "Yuventus" 36-turdan so‘ng 91 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan "Napoli" esa bir o‘yin kam o‘tkazgan holda 84 ochko to‘plagan. "Bolonya" esa 39 ochko bilan 12-o‘rinni band qilib turibdi.
Yuventus – Bolonya 3:1
Gollar: 0:1 – 30, penalti Verdi, 1:1 – 51, avtogol De Meo, 2:1 – 63 Xedira, 3:1 – 69 Dibala.
Yuventus – Buffon, Kuadrado (Lixtshtayner, 72), Bardzali, Rugani, Asamoa, Xedira, Markizio, Matyuidi (Duglas Kosta, 46), Dibala, Iguain, Aleks Sandro (Bernardeski, 84).
Bolonya – Mirante, Kraft (Torosidis, 60), Mbayye, Romanoli, De Meo, Keyta, Poli, Krisetig, Nad, Verdi (Destro, 73), Avenatti (Palasio, 66).
Ogohlantirishlar: Kuadrado (14), Poli (18), Rugani (26), Krisetig (61), Palasio (90).
Mavzuga oid

12:10 / 05.01.2025
«Siti» qaytmoqda, «Arsenal» «Liverpul»ni xursand qildi. Kun o‘yinlari

14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari

17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv

21:26 / 17.05.2024