Instagram va WhatsApp guruhli videoqo‘ng‘iroqlarni taqdim etdi
Instagram va WhatsApp guruhli videoqo‘ng‘iroqlarni taqdim etdi. Yangi funksiyalar haqida Facebook bosh direktori Mark Tsukerberg Facebook f8 ishlab chiqaruvchilar uchun har yilgi anjumanda aytib o‘tdi.
The Verge nashrining ta'kidlashicha, guruh qo‘ng‘iroqlari funksiyasi test jarayonida ishtirok etayotgan foydalanuvchilar qismi uchun ochilgan hamda qolgan auditoriya uchun «bir necha hafta davomida» ishlay boshlaydi.

Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat foydalanuvchilar do‘stlar bilan muloqot qilish uchun Instagram’ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalardan foydalanadi. Shuning uchun kompaniya smartfonlar egalari uchun videoqo‘ng‘iroqlarni ilovada amalga oshirish imkonini ochadi.
Bundan tashqari, Instagram Explore bo‘limi redizaynini amalga oshiradi hamda foydalanuvchilarga kamera AR-effektlarini qo‘lda sozlash imkoniyatini taqdim etadi.
Tsukerberg WhatsApp messenjerida ham guruh videoqo‘ng‘iroqlari funksiyasi ishga tushirilishi kerakligini aytgan.
Mavzuga oid

21:44 / 04.03.2025
Saudiya Arabistoni banklariga mijozlar bilan WhatsApp orqali muloqot qilish taqiqlandi

22:30 / 02.01.2025
“Chumoli”: noldan ko‘tarilgan yigitlar hikoyasi

19:29 / 02.01.2025
Toshkentda bloger «kontent uchun» hojatxona qog‘ozlari bilan ekologiyaga zarar yetkazdi

16:58 / 25.12.2024