3 oyda iste'molchilar foydasiga 1 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qaytarildi

Jamiyat 13:54 / 26.04.2018 7268

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 2018 yil I chorak yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Federatsiya matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.

Joriy yilning o‘tgan uch oyida Federatsiya va quyi tuzilmalariga kelib tushgan ariza va shikoyatlarning 2 974 tasi ya'ni, 88 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga jami 922 701 359 so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Iste'molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi tabiiy gaz ta'minoti sohasiga 942 ta (jami arizalarning 27,9 %), savdo sohasiga 874 ta (25,9 %), elektr ta'minoti sohasiga 532 ta (15,7 %), kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga 134 ta (4,0 %), suv ta'minoti sohasiga 178 ta (5,3 %), transport sohasiga 94 ta (2,8 %), aloqa sohasiga 87 ta (2,6 %), sog‘liqni saqlash sohasiga 57 ta (1,7 %) va boshqa sohalarga 482 ta (14,3 %) mansubligi qayd etildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: