Brent navidagi neft narxi 2014 yil 26 noyabrdan beri ilk bor 75 dollardan oshdi. 23 aprel kechki vaqt uning narxi 1,34 foizga ko‘tarilib, bir barrreli uchun 75,04 dollarni, WTI nefti narxi esa 68,97 dollarni tashkil qilgan.
Neft narxi oshishiga Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashishi, jumladan Yaman oliy siyosiy kengashi rahbari Saloh as-Samadning Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlari bergan aviazarbalari oqibatida halok bo‘lishi haqidagi yangilik ta'sir ko‘rsatgan.
Shuningdek, 23 aprelda Saudiya Arabistoni 2018 yil fevralda neft qazib olish hajmi bo‘yicha Rossiyadan o‘tib ketgani ma'lum qilindi. Rossiya kuniga 9,533 mln barrel neft olib, 11 oy 1-o‘rinni egallab kelgan. Fevralda esa Saudiya Arabistonining neft olish hajmi kuniga 9,982 mln barrelga yetgan va bu unga neft qazib olish bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqib olishga imkon bergan.