Filchaning uchta sherga qarshilik ko‘rsatishi videoga olindi
Zimbabvening Little Makololo milliy bog‘ida sayyohlar tomonidan uch sherning filchaga hamlasi tasvirga olindi. Rolik YouTube’da joylashtirilgan.
Voqea guvohi bo‘lgan sayyohlardan birining aytishicha, filcha sherni ko‘rib, o‘kirib uni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan, biroq bu yirtqichni cho‘chita olmagan. U filcha ustiga sakrab, uni yerga qulatgan.
“Filcha har qanaqasiga oyoqqa turib olishga urinardi, biroq buning uddasidan chiqa olmasdi. Keyin yana ikkita sher qo‘shildi. Yirtqichlar o‘z hayoti uchun 3 soat kurashgan filchani o‘ldirmoqchi bo‘lganlarini kuzatish juda ayanchli edi”, deb aytgan sayyoh.
Orada katta fil kelib yirtqichlarni haydab yubormoqchi bo‘lgan, biroq yirtqichlar baribir “niyatlari”ga yetib, filchani o‘lja qilishgan.
Mavzuga oid

12:06 / 11.02.2025
Xonadonida sher bolasini noqonuniy saqlab kelgan fuqaro aniqlandi

22:26 / 02.01.2025
Zimbabveda 8 yoshli bola sherlar yashaydigan qo‘riqxonada besh kun qolib ketdi

21:09 / 01.01.2025
Zimbabveda o‘lim jazosi rasman bekor qilindi

23:58 / 17.12.2024