Apple ayfonlarni qayta ishlovchi yangi robotni namoyish qildi

Foto: Apple Inc
Yer kuni munosabati bilan Apple kompaniyasi smartfonlarni qismlarga bo‘laklay oladigan “Deyzi” robotini ko‘rsatdi. Bu haqda Engadget nashri xabar berdi.
“Deyzi” kompaniyaning R&D bo‘linmasi tomonidan yig‘ilgan va ishlatilgan ayfonlarni tez bo‘laklash uchun mo‘ljallangan. Qurilmalarning ehtiyot qismlari utillashtiriladi yoki yangi ayfonlarda qo‘llanadi. Statistikaga ko‘ra, mashina avtomatik rejimda soatiga 200 tagacha smartfonni (bir daqiqada 3 ta qurilma) bo‘laklay oladi.
Bu robot kompaniyaning qurilmalarni tez bo‘laklash uchun chiqarilgan birinchi roboti emas. Ikki yil avval Apple “Deyzi” kabi smartfonlarni bo‘laklaydigan “Liama” robotini namoyish qilgandi.
Joriy yilda Yer kuni 22 aprelda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

17:03 / 11.03.2025
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025