«Bavariya» yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Foto: Twitter/@FCBayern
Xorvatiyalik mutaxassis Niko Kovach keyingi mavsumdan boshlab, «Bavariya» klubi bosh murabbiyi bo‘ladi.
Myunxenliklar sport direktori Hasan Salihamijich bayonotiga ko‘ra, shartnoma 2018 yil 1 iyuldan boshlab kuchga kiradi. «Bavariya» 46 yoshli murabbiy bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Niko Kovachning murabbiylar shtabiga uning ukasi Robert Kovach ham kiradi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Niko Kovach Frankfurtning «Ayntraxt» klubini boshqarmoqda. Jamoa Bundesligada 5-o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi

11:09 / 23.01.2025
«Siti» superkambek qurboni, «Real» 5 ta gol urdi, «Bavariya»da yirik mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

10:10 / 11.12.2024