Shanxayda robotlar tomonidan boshqariluvchi bank bo‘limi ochildi

Foto: South China Morning Post
Xitoyning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli banki China Construction Bank Shanxayda mijozlarga xizmat ko‘rsatishga to‘liq robotlar javob beruvchi bo‘limini ochdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.
Maydoni 165 kvadrat metrni tashkil qiluvchi bank bo‘limi Xuanpu tumanida joylashgan bo‘lib, avtomatlashtirilgan “aqlli” robot-kassirlar bilan jihozlangan. Robotlar yordamida hisob raqam ochish, pul o‘tkazmasi jo‘natish, valyuta ayriboshlash, oltinga investitsiya qilish va aktivlarni boshqarish bo‘yicha xizmatlar olish mumkin.
Bankka kirishda mijozlarni “muloyim” robot kutib oladi. U ovozni tanish tizimi yordamida mijozning savollariga javob bera oladi. Robot mijozning bankka birinchi tashrifi vaqtida uning hujjatlarini skaner qiladi va keyinchalik uni yuzni tanish tizimi orqali taniy oladi.
Yangi bo‘lim naqd va naqdsiz operatsiyalarning 90 foizini uddalay oladi. Maslahatchi yordami kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan badavlat mijozlar uchun bo‘limda mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejyerlar bilan videoaloqa xonasi mavjud.
Bank bo‘limi robotlar tomonidan boshqarilishiga qaramay, unda robotlar muammolarga duch kelsa, mijozlarga yordam ko‘rsatishga shay turgan insonlar ham ishlaydi.
China Construction Bank’da ta'kidlanishicha, bankning texnikaga yaxshi tushunuvchi mijozlar ko‘z oldida jozibadorligini oshirish va xodimlarga xarajatlarni kamaytirish maqsadida bankning 360 ta bo‘limida 1600 ta shunday “aqlli” mashinalar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid

00:09 / 24.01.2025
Shanxayda odamsimon robotlarni tayyorlaydigan baza ochildi

18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi

19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

15:03 / 10.12.2024