Facebook’ning 87 mln foydalanuvchisi haqida ma'lumotlarning chetga chiqib ketishi bilan bog‘liq mojaroga aloqador Cambridge Analytica kompaniyasi rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Tayler iste'foga ketdi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, Tayler “turli texnik tergovlar va murojaatlar bilan shug‘ullanish uchun” kompaniyadagi avvalgi – ma'lumotlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga qaytadi.
Tayler kompaniya direktori Aleksandr Niks lavozimidan chetlatilgandan keyin Cambridge Analytica rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Cambridge Analytica Facebook ijtimoiy tarmog‘ining 87 mln foydalanuvchisi shaxsiy ma'lumotlarini noqonuniy qo‘lga kiritishda hamda bu ma'lumotlardan butun dunyo bo‘lab turli saylovlar natijalariga ta'sir qilish uchun foydalangan.