ISeeCars agentligi tahlilchilari avtomobillar bozorini o‘rganib, eng ishonchli avtomobillar reytingini tuzishdi. Bunda bir modeldagi 320 ming km yo‘l bosib o‘tgan avtomobillarning umumiy ishlab chiqarilganiga foizdagi nisbati hisobga olingan.
Tadqiqotda 1981 yildan 2017 yilgacha ishlab chiqarilgan 13,5 mln ta avtomobil bo‘yicha ma'lumotlar hisobga olingan. Reytingning yetakchi o‘ntaligini asosan AQSh va Yaponiyada ishlab chiqarilgan yo‘ltanlamaslar egallagan.
Reytingga ko‘ra, Toyota Sequoia modeli eng bardoshli avtomobil deb topildi. Bu modeldagi konveyerdan chiqqan mashinalardan 6,6 foizi 320 ming km dan ko‘proq yo‘l bosib o‘tgan. 2- va 3-o‘rinlarni, mos ravishda, AQShning Ford Expedition (5,4 foiz) va Chevrolet Suburban (5,2 foiz) modellari egallagan.
4-o‘rinni Toyota 4Runner (4,2 foiz), 5-o‘rinni GMC Yukon (3,9 foiz) egallagan. Yetakchi o‘ntalikdagi keyingi o‘rinlar Chevrolet Tahoe (3,8 foiz), lyuks sinfidagi GMC Yukon (2,8), Toyota Tacoma o‘rta o‘lchamli pikapi, Toyota Avalon sedani va Honda Odyssey miniveniga nasib qilgan.