BAAda yaqin orada avtomobillar uchun “aqlli” davlat raqamlarini joriy qilish rejalashtirilmoqda.
Gap odatdagi metall belgilarning raqamli muqobillari bilan almashtirilishi haqida ketmoqda.
Ta'kidlanishicha, bunday “aqlli” raqamlar haydovchilarning turmushlarini ancha yengillashtiradi.
Birinchidan, raqamli davlat belgilarini shikastlangani sababli almashtirishga ehtiyoj bo‘lmaydi, ikkinchidan avtomobil sotilganda uning raqami almashtirilishi talab qilinmaydi, chunki yangi raqam avtomobil ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin tabloda avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, yangi belgilar avtomobilni olib qochilishidan saqlaydi va avariya holatida favqulodda xizmatlarni chaqirtira oladi. Avtomobilning harakatlanishi haqidagi barcha ma'lumot raqamlarga o‘rnatilgan uzatkich va chiplar orqali uzatilib turiladi.
Ushbu texnologiya may oyida sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda. Agar sinov muvaffaqiyatli o‘tgan deb topilsa, unda yangi raqamlar keyingi yildan joriy qilina boshlanadi.
Raqamli belgilar g‘oyasi yangi emas. Avvalroq bunday raqamlarni qo‘llashga AQShning Kaliforniya shtati rahbariyati ruxsat bergandi. O‘lchami standart metall davlat raqamlaridek keladigan elektron tabloda boshqa haydovchilarga xabarlar berilishi mumkin, mashina parkovka qilinganda esa tabloda reklama va politsiya uchun muhim axborot chiqib turadi.