Apple Ayzek Azimovning trilogiyasi asosida serial suratga oladi

Fan-texnika 17:23 / 11.04.2018 3891

Apple kompaniyasi Ayzek Azimovning «Asos» ilmiy-fantastik trilogiyasi bo‘yicha teleserial suratga oladi. Bu haqda Deadline xabar bermoqda.

Loyiha bilan Skydance Television studiyasi shug‘ullanadi, u o‘tgan yilning yozida Azimov asariga mualliflik huquqlari egalari bilan kelishuv imzoladi. «Yulduzlar jangi» va nafaqat u» yaratuvchilariga ilhom bag‘ishlagan kitoblarni ekranga ssenariychilar Devid Goyyer va Josh Fridman moslashtiradi. Ular loyihaning ijrochi prodyuserlari va shourannerlariga aylanadi.

«Asos» 1942 yilda e'lon qilingan qisqa hikoyalar seriyasidan boshlangan. Keyinchalik avvaliga trilogiya bo‘lgan, 1966 yilda «barcha davrlarning eng yaxshi fantastik seriyasi» uchun «Hyugo» maxsus mukofotiga loyiq topilgan asar yettita kitobga qadar cho‘zildi.

«Asos» voqealari muqobil Koinotda – odamlar Somon yo‘lining turli sayyoralarida yashovchi Galaktik Imperiyada kechadi. Seriya asosiy qahramoni – Imperiya tanazzulini bashorat qilgan va Ikkinchi Imperiyani yaratishga bel bog‘lagan psixotarixchi Geri Seldon.

«Asos»ni ekranlashtirishga bir necha marotaba harakat bo‘lgan, ssenariy ustida, xususan, HBO telekanali mutaxassislari ishlagan, biroq u baribir yaratilmay qoldi.

Ko‘proq yangiliklar: