LG Electronics'ning 2018 yilgi ilg‘or premium mahsulotlari taqdimoti: Yangi OLED va SUPER UHD televizorlari, audiotizimlar va IT-mahsulotlarning yangi modellari

Fan-texnika 11:29 / 09.04.2018 11580

LG Electronics (LG) kompaniyasi Hyatt RegencyMoscow Petrovsky Park premium toifali biznes-mehmonxonasida 2018 yilda ishlab chiqarilgan qator yangi texnika modellarini namoyish etdi. Sun'iy intellekt funksiyalari kiritilgan noyob OLED, SUPER UHD televizorlar shular jumlasidandir. Audiomahsulotlar qatori o‘ta kuchli X-Boom tizimlari, yangilangan saundbarlar, portativ akustikasi bilan ta'minlangan. Bundan tashqari, 27" FULL HD monitor va QHD monitor 31.5" namoyish etilgan. LG SIGNATURE ultrapremium mahsulotlari W8 modelidagi OLED-televizor orqali taqdim etilgan. Taqdimot marosimida LG va Rossiyaning futbol bo‘yicha 2017 yilgi chempioni Denis Glushkovdan eng kontrast futbol to‘pi haqidagi yangi rolik premerasi bo‘lib o‘tdi. Video OLED-televizorlarning futbol o‘yiniga to‘liq "sho‘ng‘ish" effektini beruvchi ilg‘or texnologiyalarini namoyish qiladi. Original rolik LG'ning rasmiy YouTube kanali va ijtimoiy tarmoqlariga joylangan. Dastlab eng yirik xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilgan LG'ning ilg‘or aqlli robotlari endi Rossiyada ham namoyish etildi. Robot gazonlarni ishonchli va eng asosiysi, xavfsiz tartibga keltiradi, istalgan vaqtda uning qayerda ekani va yo‘ldagi barcha to‘siqlarga doir ma'lumotlarni bilish imkoni mavjud. Farrosh-robot LG HOM-BOT changyutgichining kuchli tozalovchi xususiyatlari, avtonom navigatsiya va obektlar bilan to‘qnashuvlarni chetlab o‘tish funksiyasidan foydalanadi. U tez-tez tozalash ishlarini talab qiluvchi hududlarni o‘zi belgilaydi va bazada ularning joylashuv joyi hamda ularga yetishning eng samarali yo‘nalishlarini saqlab qoladi. LG konferensiyasi shou-rumi modalar olamining intererlar bo‘yicha mashhur dizayneri va Manhattan Design School dizayn maktabi asoschisi Alyona Sanayeva bilan hammualliflikda yaratilgan.

Foto: LG

LG'ning OLED va ULTRA HD televizorlari: Intellektual texnologiyalar va eng zamonaviy protsessorlar uyg‘unlashuvi

2018 yilgi LG televizorlari modellari elektronika olamining zamonaviy tendensiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan. LG katta OLED-displeylar ishlab chiqarish sohasida pioner hisoblanadi, u 2018 yilda sun'iy intellekt elementlari bo‘lgan va W8, E8, C8, B8 seriyalarini o‘z ichiga oluvchi to‘qqiz yangi OLED-televizorini ishlab chiqarib, shu yo‘nalishda rivojlanishda davom etmoqda. Ularning har biri o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi - "Devordagi tavsirlar" (77/65W8 modellari), "Shishadagi tasvirlar" (65/55E8 modellari), "CinemaScreen" (77/65/55C8  va 65/55B8 modellari) va h.k. Ekranlar diagonallari - 55 dyuymdan 77 dyuymgacha. SUPER UHD-televizorlarning sun'iy intellekt funksiyalariga ega o‘n modeli esa (SK95, SK85 va SK81 modellari) 49-75 dyuym atrofidagi diagonallarda namoyish etilgan. OLED texnologiyasi – bu 8 milliondan ziyod yorug‘lik taratuvchi piksellar bo‘lib, ularning har biri o‘z yorqinligini o‘zi boshqara oladi va LG OLED TV televizorlari uchun mukammal qora rangni ifodalaydi. Bu texnologiya ranglarning to‘liq palitrasini ochib beradi va yashirin detallargacha namoyon qiladi, shu tariqa tasvirlarni yorqin ranglarda ko‘rish imkonini beradi.

Foto: LG

W8, E8, C8 seriyasidagi televizorlarga α9 (Alpha) intellektual protsessori kiritilgan. U LG'ning  OLED televizorlarida foydalanish uchun optimallashtirilgan va 50 foizgacha yaxshilangan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Protsessor shovqinni pasaytirishning 4 bosqichini bajaradi, bu televizorlarda qo‘llanuvchi an'anaviy tizimlardagiga nisbatan ikki baravarga ko‘proqdir. Obektiv tahlil hisobiga asosiy elementlar aniqligini sezilarli darajada yaxshilashga muvaffaq bo‘lindi. Protsessor butun sahnani tahlil qiladi, asosiy elementlar va ularning chegaralarini fondan ajratadi, keyin kadrdagi turli obektlar alohida qayta ishlanadi. Shu bois ekrandagi tasvir tabiiy ko‘rinadi.

2018 yilgi LG OLED-televizorlari har qanday kontentni maksimal sifatda taqdim etadi va tomoshadan ajoyib taassurotlar qoldiradi.

LG'ning sun'iy intellekt funksiyalari bilan ta'minlangan 2018 yilgi SUPER UHD-televizorlar lineykasi B8 OLED-televizorlarda qo‘llanuvchi kuchli α (Alpha) 7 protsessori asosida ishlangan. NanoCell texnologiyasi va FALD (FullArrayLightdimming) nurlari sharofati bilan bu televizorlar yuqori tasvir sifatini taqdim eta oladi. Yangi SUPER UHD-televizorlari shuningdek DolbyAtmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va to‘liq audiovizual qamrov muhitini yaratadi.

Sun'iy intellekt asosidagi funksiyalar tomoshabinga yangi televizorlarni ovozli buyruqlar va tabiiy tilni qayta ishlash tizimidan foydalanib, maksimal qulay boshqarish imkonini beradi.

Foto: LG

LG'ning  OLED va SUPER UHD televizorlarida Technicolor'ning Advanced HDR formati sharofati bilan tasvirning haqiqiy kinematografik darajasini aks ettiruvchi Cinema HDR funksiyasi qo‘llangan. Bu kompaniyaning barcha HDR standartlarni (DolbyVision'dan HDR10 va HLG'gacha) qo‘llab-quvvatlash an'anasining mantiqiy davomiga aylandi. HDR formatidagi tasvir LG'ning shaxsiy algoritmi – EnhancedDynamicTone'dan foydalanuvchi kadrlarni dinamik qayta ishlash jarayonidan o‘tadi.

2018 yilda LG smart-televizorlari o‘z egalariga HDR formatidagi yanada ko‘proq 4K kontentni taklif etadi. Onlayn-kinoteatrlar - yuqori sifatli kontentni ko‘rishning eng oddiy usuli, ilovalarda 150 dan ortiq HDR-filmlarni, shuningdek DolbyAtmos tovushli kartinalarni topish mumkin.

Foto: LG

Endi LG PLYuS KANALLAR onlayn-televideniye eksklyuziv servisi bilan antennani sozlash yoki qo‘shimcha jihozlashga hojat yo‘q. 200 dan ziyod federal, mintaqaviy va mavzuiy kanallarga kirish uchun aqlli televizorni internetga ulash va LG PLYuS KANALLAR ilovasini ishga tushirishning o‘zi yetarli. Ilova televizorni yoqish davomida tomosha qilinayotgan kanalda avtomatik ravishda ishga tushadi. LG PLYuS KANALLAR - MEGOGO onlayn-servis platformasida ishlaydi, ayni damda Rossiya hamda Ukraina fuqarolari unga kirish imkoniga ega.

Yangi audiotizimlar: Kuchli tovush qulay ijroda

LG X-Boom SK99 (5000 Vt) kuchli akustik tizimi sifatli tovush bilan ta'minlaydi, disko-chiroqlar esa ziyofat muhitiga to‘liq "sho‘ng‘ish" uchun yorug‘lik proyeksiyasini yaratadi. LG X-Boom OK99 audiotizimi sharofati bilan istagan joyingizda ziyofat uyushtirishingiz mumkin - qulay tutqich va g‘ildiraklar bilan ta'minlangan sevimli qurilmangizni o‘zingiz bilan olib yurish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Har bir audiotizim DJ-effektlar tufayli o‘z musiqangizni yaratish va uni Bluetooth orqali smartfonga yetkazish imkonini beradi. Shuningdek audiotizimlar TVdan Bluetooth yoki optik kabelga simsiz ulash orqali osonlikcha sinxronizatsiya qilinadi (modeliga qarab).

Foto: LG

LG'dan saundbarlar: Evolyutsion dizaynda premium darajali tovush

LG 2018 yildan Angliyaning Meridian kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda va ularning ishlanmalarini o‘z mahsulotlarida qo‘llamoqda. Yangi kengaytirilgan LG saundbarlari lineykasi DolbyAtmos® SK10Y (Meridian), SK9Y SK8 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu texnologiya  tovush obektlarini uch o‘lchamli makonda aniq joylash va ko‘chirish imkonini beradi. SK6F saunbari DTS Virtual orqali keng qamrovli tovushning yangi formatini yaratadi: X – 2.1-kanalli tovush musiqaga butkul "sho‘ng‘ish" imkonini beradi. Yangi saundbarlar lineykasi dizayni televizorlar bilan har qanday burchakdan uyg‘unlashadi. Shunday qilib, SK10Y saundbari universal o‘lchamlari tufayli katta diagonalli televizorlarda mukammal ko‘rinadi (55” va 65”).

LG'dan portativ akustika: Mobil gabaritlarda premium tovush

Meridian – yuqori aniqlikdagi audio olamida pioner, kompaniya ko‘p yillik tarixi davomida stereotiplarni buzib va afsonaviy mahsulotlar ishlab chiqib, tovush olami chegaralarini kengaytirmoqda. Meridian bilan hamkorlik LG portativ akustikasini yangi tovush darajasiga olib chiqadi. Ikki yuqori chastotali dinamik keng tovush maydoni va yuqori aniqlikdagi tovushni yaratadi hamda shu tariqa chiroyli tovushlar jarangidan zavq olish imkonini beradi.

Foto: LG

Shuningdek 22 soatgacha cho‘zilgan avtonom faoliyat vaqti ham foydalanuvchilarni quvontiradi (RK7 modeli), bu hamma yerda sevimli musiqangizdan baxra olishga imkon beradi, ritmik nurli yorqin yoritgichlar esa ziyofat muhitini yaratadi. Bundan tashqari, endi suvdan himoyalash tizimi tufayli qurilmalarga suv tushishidan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi.

LG'ning yangi monitorlari va proyektorlari: Sifatli tasvir va innovatsion texnologiyalar

LG Electronics'ning IT-qarorlari eng talabchan geymerlar uchun 27" FULLHD monitor 27GK750F va QHD monitor 31.5" orqali namoyish etilgan. LG 32GK850G - eng talabchan geymerlar uchun. 27GK750F modeli ekshn-o‘yinlardagi kontentlarning sifatli tasvirini ta'minlaydi. GUI grafik interfeysi geymerlar uchun ekranning turli rejimlariga tezkor va osonlikcha kirish imkonini beradi.  FPS, RTS va o‘qish rejimi uchun presetlar sichqonchani bir necha marta bosish orqali sozlanadi.

Foto: LG

LG'ning 31.5" ekrani va QHD (2560x1440) monitor o‘lchami geymerlarga jonli reallikning yangicha hissiyotlarini tuhfa qiladi. Mazkur monitor 144 Gts'li chastotaga ega. Obektlar yanada tiniq namoyon bo‘ladi, o‘yin jarayoni esa go‘yoki tabiiy muhitda kechadi. Yangilanishning bunday chastotasi geymerga hatto eng dinamik va tezkor harakatli sahnalarni ham "tekislash" imkonini berib, qo‘shimcha afzallik beradi. Aylanma chiroqlar va olti xil rang (kunduzgi oq, neytral oq, binafsharang, qizil, tabiiy yashil, havorang) sozlamalari ajoyib o‘yin muhitini yaratadi.

# # #

LG Electronics, Inc. kompaniyasi haqida

LG Electronics, Inc. (KSE: 066570.KS) elektronika, mobil kommunikatsiyalar va maishiy texnika sohasida jahon yetakchisi va texnologik innovatori hisoblanadi. Kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab 125 filialida 77 ming kishi faoliyat yuritadi. LG kompaniyasi besh biznes-bo‘limdan tashkil topgan: Home Appliance&Air Solution, Home Entertainment, Mobile Communications, Vehicle Components va B2B, bularning jahon miqyosidagi umumiy sotuv hajmi 2017 yilda 55,4 milliard AQSh dollari (61,4 trillion Janubiy Koreya voni)ni tashkil qildi. LG Electronics dunyodagi eng ilg‘or tekis panelli televizorlar, smartfonlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Qo‘shimcha ma'lumot uchun, marhamat qilib, www.LG.kz'ga murojaat qiling.

LG Electronics Home Entertainment kompaniyasi haqida

LG Electronics Home Entertainment kompaniyasi televizorlar, audio- va videotexnikalar, monitorlar, personal kompyuterlar, tijorat ekranlari va xavfsizlik tizimlarini ishlab chiqaruvchi jahon yetakchisi hisoblanadi. Kompaniya 4K OLED TV texnologiyasini ishlab chiqib, ilg‘or HDR texnologiyalarini qo‘llab, shuningdek iste'molchilarga intuitiv va oddiy intellektual imkoniyatlarni taklif qilib, televizion bozorda yangi innovatsiyalar davrini ochdi. LG ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan LG SIGNATURE va SUPER UHD OLED-televizorlari boshchiligida uy uchun innovatsion mahsulotlarni taklif qilib, o‘z iste'molchilari hayotini yaxshilashga harakat qiladi. Qo‘shimcha ma'lumot uchun, marhamat qilib, www.LG.com/kz'ga murojaat qiling.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: