Jarohatlarni tikish zaruratisiz davolovchi MeTro yuqori darajadagi elastik yelimi jarrohlik operatsiyalari ishini bajarishi mumkin. Sinovlar natijalari Avstraliya universiteti olimlari muallifligi ostidagi Science Translational Medicine jurnalida chop etildi.
MeTro ultrabinafsha nurlar ta'siri ostida moslashuvchan, lekin mustahkam materialga aylanuvchi oqsillardan iborat. MeTro jarohatga surilganidan so‘ng bir daqiqa ichida uni to‘liq qoplaydi. Shundan keyin modda sekin-asta so‘rilib, uzilgan to‘qimalarni qayta tiklaydi. Olimlarning ta'kidlashicha, yelim kelgusida jarohatlar natijasida chok tushishi va jarrohlar operatsiya vaqtida qo‘llovchi metall dastgohlardan qutulishga ko‘mak beradi. Bundan tashqari, u favqulodda holatlarda — masalan, YTHlarda birinchi yordam ko‘rsatishda yaqindan yordam berishi mumkin.
MeTro'ning yuqori elastikligi uni tana to‘qimalaridagi (masalan, o‘pka, yurak va arteriyalarda muntazam kengayuvchi yoki zaiflashuvchi) jarohatlarning germetizatsiyasi uchun mukammal vositaga aylantiradi. Material, shuningdek, yetish qiyin bo‘lgan joylardagi jarohatlar uchun ham ayni muddaodir.
Yelimning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, uni muayyan vaqtga jarohatni davolashi uchun dasturlash mumkin. Yelim qoplamasi bir necha soat yoki oyda so‘rilib ketadi. Olimlar yelimni labaratoriya sharoitlarida jonivorlarning o‘pkasi hamda boshqa ichki organlarida va hatto arteriyalarda ham sinovdan o‘tkazishdi. Yelim barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.