AQSh startapi 2022 yilgacha koinot mehmonxonasi ochishga va'da berdi

Fan-texnika 08:42 / 08.04.2018 5422

AQShning Orion Span kompaniyasi 2022 yilgacha koinotda mehmonxona – Aurora  stansiyasini ochish haqidagi rejasini ma'lum qildi. Bu haqda loyiha rahbari Frenk Bunger SpaceNews nashriga so‘zlab berdi.

Orion Span dunyodagi ilk lyuks sinfidagi, ikki kishilik xonalari bo‘lgan va koinot kemalarida qachondir joylashtirilgan eng ko‘p sonli oynalarga ega koinot mehmonxonasini qurishni rejalashtirmoqda. 

Kompaniya mijozlari Aurora bortida 12 kun o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi: ular stansiyada o‘simliklar o‘tqazishlari, qutb yog‘dusini kuzatishlari va vaznsizlik holatida bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Koinot mehmonxonasida joy bronlash uchun 80 ming dollar miqdorida oldindan haq to‘lash lozim. Butun sayohatning narxi esa bir kishi uchun 9,5 mln dollarni tashkil qiladi. Kompaniya vakillari fazogir bo‘lish fikridan qaytgan mijozlar oldindan kiritilgan garov pulini qaytib olishlari mumkinligini aytishgan.

Foto: Orion Span
Foto: Orion Span
Foto: Orion Span

Sayohat narxiga 3 oylik parvozoldi tayyorgarligi hamda stansiyaga va ortga parvoz kiradi. 

Ma'lum qilinishicha, Aurora o‘z ichiga 6 kishi, jumladan ekipajning 2 a'zosini sig‘dira oladi. Stantsiya qurilishining aniq qiymati ma'lum qilinmagan, biroq ta'kidlanishicha, u bir necha o‘n million dollarni tashkil qiladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: