Pavel Durovning «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i ustidagi ish bo‘yicha sobiq sherigi Anton Rozenberg RT’ga Telegram’da foydalanuvchilar qurilmasida xabarlarni shifrlash qanday amalga oshirilishi haqida aytib berdi.
«Telegram'da chatning ikki turi bor: bulutli va maxfiy. Maxfiysida end-to-end shifrlanishidan foydalaniladi, ya'ni xabar jo‘natuvchi telefonida shifrlanadi, oluvchida shifrdan chiqariladi, shuning uchun Telegram xabar ichini ko‘rmaydi, faqat metama'lumotlarni (kim kimga va qachon yozgani hamda matnning taxminiy hajmi) biladi. Bu ancha ishonchli, biroq Telegram’da amalga oshirish uncha qulay emas, maxfiy chatlar faqat bir qurilmada ishlatilishi mumkin, va shuning uchun ulardan deyarli hech kim foydalanmaydi», - deya aytib o‘tdi u.
Rozenbergning aniqlik kiritishicha, qolgan barcha chatlar bulutli – bu oddiy shaxsiy xabarlar, shuningdek, barcha guruhlar, superguruhlar va kanallar, hamda Telegram’da ulardan kalitlar bor. Bulutli chatlarda xabarlar telefonda shifrlanadi, messenjer serverlariga MTProto protokoli yordamida uzatiladi, u yerda shifrdan chiqariladi va saqlanadi. Umuman olganda, bunday chatlarning saqlanishi «VKontakte»dagi xabarlar saqlanishiga o‘xshash.
«Agarda o‘tgan yili Pavel FXX talabi texnik imkonsiz ekanini, sababi messenjerda maxfiy chatlardan kalitlar yo‘qligini (garchi ulardan deyarli hech kim foydalanmaydi, va FXX ham ular haqida hech narsa so‘ramagan) har gal ma'lum qilib, dalillardan qulaylik bilan foydalangan bo‘lsa, Roskomnadzorga Telegram manfaatlarini sudda taqdim etuvchi «Agora» yuristlaridan kelgan so‘nggi xatda yolg‘onlik yangi darajaga chiqdi, sababi tayyorlanmagan o‘quvchilarda xuddi Telegram’da bulutli chatlarga kirish imkoni yo‘qligi haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Garchi harakatlarni amalga oshirish hamda barcha bulutli chatlarda end-to-end shifrlanishini qilish foydalanuvchilarga nisbatan ancha adolatli munosabatga aylangan bo‘lardi. Yoki hech bo‘lmasa, nima qanday ishlashini va Telegram ishlab chiquvchilarida xabarlarga kirish imkoni borligi yoki bu texnik jihatdan mumkin ekanini aytish ham yaxshi bo‘lardi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.