Roskomnadzor Telegram’ni bloklab qo‘yishni talab qildi

Fan-texnika 13:10 / 06.04.2018 7844

Roskomnadzor bugun Taganskiy tuman sudiga Telegram messenjeriga kirishni to‘sib qo‘yish talabi bilan ariza yo‘lladi. Bu haqda idora xabarida aytiladi.

Chorshanba kuni idora messenjer ma'muriyatiga FXXga shifrlash kalitlarini taqdim etish uchun bergan o‘n besh kunlik muddat tugadi. Telegram’dagilar bu "texnik jihatdan imkonsiz" ekanini ma'lum qilishgan. Shu bilan birga, Roskomnadzordan ta'kidlashlaricha, kompaniyadan rasmiy javob olinmadi.

Messenjer Rossiyada muammolarga birinchi marta duch kelayotgani yo‘q. 2017 yil iyun oyining oxirida Telegram Roskomnadzorga ma'lumot tarqatuvchi tashkilotlar reyestriga kiritish uchun ma'lumot berishdan bosh tortgach, bloklab qo‘yilishiga bir baxya qoldi. Biroq keskin munozaralardan so‘ng u kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tish ma'lumotlarini baribir taqdim etdi.

Ko‘proq yangiliklar: