Kreml: Telegram qulay, biz undan foydalanamiz

Fan-texnika 19:21 / 06.04.2018 10211

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kremlda Telegram messenjeridan foydalanishadi va uni qulay deb hisoblashadi, biroq uni bloklashga tayyorlar, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Yaxshi bilasizlarki, ko‘plab messenjerlar bor. Telegram, haqiqatdan ham, juda qulay, biz undan foydalanamiz, jumladan jurnalistlar bilan muloqot uchun ham. Agarda bu borada bir qarorga kelinmasa, juda afsuslanarli bo‘ladi, hozircha esa, bizning tushunishimizcha, bu borada bir pozitsiyaga kelinmadi. Biroq qonun bor, hamda unga rioya etilmasa va tegishli choralar ko‘rilsa, biz muqobil variantni qidiramiz, u bizning talablarga eng yaxshi tarzda mos kelishi lozim», - deya aytib o‘tdi Peskov.

Shu tariqa u jurnalistlarning Kremlda messenjer bloklanadigan bo‘lsa, muqobil variant bor yoki yo‘qligi bo‘yicha savoliga javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor Telegram’ni bloklab qo‘yishni talab qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: