“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ining sobiq vitse-prezidenti Ilya Perekopskiy Telegram messenjeri vitse-prezidenti etib tayinlandi. Ta'kidlanishicha, u messenjer biznesini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
2017 yil oxirida Telegram asoschisi Pavel Durov 2018 yil boshida kompaniya messenjer orqali pul topish bilan shug‘ullanishni boshlamoqchiligini aytgan. Biroq u bu qanday amalga oshishiga aniqlik kiritmagan.
2018 yil yanvarda Telegram ICO o‘tkazmoqchiligi ma'lum bo‘lgan. Messenjer yangi platformasi TelegramOpen Network’ning tokenlarini joylashtirish orqali 1,7 mlrd dollar jalb qila oldi.