Facebook asoschisi Mark Tsukerberg kongress qo‘mitalariga ijtimoiy tarmoqning millionlab foydalanuvchilari shaxsiy ma'lumoti sizib chiqishi bilan bog‘liq ish yuzasidan ko‘rsatma beradi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Eshituvlar 10 va 11 aprelga belgilangan.
«Eshituvlar foydalanuvchilar ma'lumoti daxlsizligi bo‘yicha muhim muammolarga e'tibor qaratish bo‘yicha yaxshi imkoniyat bo‘ladi va barcha amerikaliklarga tarmoqda ularning ma'lumotlari bilan nimalar yuz berayotganini aniqroq tushunishga yordam beradi», - deyiladi kongressmenlar Greg Uolden va Frenk Pallonning qo‘shma bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook 87 milliondan ortiq foydalanuvchi shaxsiy ma'lumoti sizib chiqqani haqida ma'lum qildi – bundan avval esa gap 50 mln haqida ketgandi.