O‘tgan yozda Jon Boltonga ko‘pchilik qanotlari qayrilgan, oyoqlariga tushov tushgan lochin kabi qarardi. AQShning BMTdagi sobiq elchisi, Iroq kampaniyasining ashaddiy xayrixohi sifatida tanilgan amerikalik mutaxassis, biroz oldin prezident Donald Trampga maxsus tayyorlangan ma'lumotlarni yetkaza olmaganidan nolib yurgandi. Uning aytishicha, Bolton sobiq prezident Barak Obama davrida amalga oshmagan «Eron yadroni boyitish dasturi bo‘yicha kelishuvlarni barbod etish» loyihasini amaldagi davlat rahbariga topshirmoqchi edi. Endi bunga hojat yo‘q: u 9 apreldan boshlab AQSh prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ish boshlaydi. Ya'ni Eron bo‘yicha erishilgan kelishuvlar bekor bo‘lishi Yaqin Sharq, Eron va uning ittifoqchilari, hatto AQSh uchun ham real haqiqatga aylanmoqda.
Janob Tramp uzoq vaqtdan buyon «Umumiy qo‘shma tadbirlar rejasi» (JCPOA) nomi bilan atalgan kelishuvdan nafratlanishi ochiq bayon qiladi. Shunga qaramay, 120 kun davomida har kuni prezident kiritilgan sanksiyalarni majburan qoldirish uchun imzo chekdi, shuning uchun ham ayrim amerikaliklar Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan voz kechish ichki siyosatda ham katta burilish yasab yuborishini yaxshi anglaydi.
Donald Tramp joriy yilning birinchi oyida Eron bo‘yicha kelishuvning eng muhim bandlari bo‘yicha kelishmasligini ma'lum qilgandi. Ammo AQSh tashqi siyosatini shakllantiruvchi mahkamalar rahbarlari davlat rahbariga o‘z qaroriga borishga ko‘ndirgandi, ya'ni Yevropadagi ittifoqchilari bilan hamnafas bo‘lib, Eronning yadro dasturini jim kelishuv asosida yakunlanishini ta'minlashi kerak edi.
Yevropa davlatlari dasturni qo‘llab-quvvatlarkan, bir vaqtning o‘zida ballistik raketa yaratishga bo‘lgan har qanday urinish jazosiz qolmasligini uqtirib keladi. Shuningdek, yadroviy jarayonlarni kuzatuvchi xalqaro inspektorlarni mamlakatda harakatlanishi uchun keng shart-sharoit yaratilishini talab qilishadi.
Har qanday yon bosish holatida AQSh yetakchisi fransuz va ingliz siyosatchilarini ayblaydi. Donald Trampning fikricha, Fransiya va Buyuk Britaniya Eron bilan savdo qilishdan manfaatdor, shuning uchun yadroni boyitish bo‘yicha dasturni ham qo‘llamoqda. 13 mart kuni Mayk Pompeoga o‘rnini bo‘shatib bergan sobiq davlat kotibi Reks Tillerson ham Eron yadro dasturini shubhaga olib, faqat harbiy salohiyatni oshirish bilan uni jilovlash mumkinligini aytgandi.
Yangi tahdid faqat Yaqin Sharqda emas, Shimoliy Koreyada ham mavjud edi. Ammo iqtisodiy sanksiyalardan tinkasi qurigan Kim murosa yo‘lini tanlashni ma'qullamoqda. Eron holatida esa Yevropa forslarning ortida turgan Xitoy va Rossiyaga bir paytda yon bosmoqda. Bu gal AQShning iqtisodiy sanksiyalari (agar u kiritilsa) Yevropaning yirik iqtisodiyotlariga jiddiy zarba berishi lozim.
AQSh vaziyatga beparvo bo‘lishi ham mumkin, mintaqada Isroil omilini hisobga olinmasa, Eronning yadroni boyitishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidni keltirib chiqarmaydi, balki kuchlar muvozanatining o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. Mana shu o‘zgarish ham AQShning tashqi siyosatida paydo bo‘lgan tahdid sifatida ko‘rilishi mumkin.