Indoneziya hukumati Facebook’ni bloklab qo‘yish bilan tahdid qildi

Fan-texnika 12:21 / 03.04.2018 2574

Indoneziya hukumati Facebook ijtimoiy tarmog‘ini mamlakatda bloklab qo‘yish bilan tahdid qildi. Bu unda iyun oyida bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan umummilliy mahalliy saylovlar arafasida soxta ma'lumot tarqatilsa yuz beradi. The Straits Times gazetasining xabar berishicha, mamlakat kommunikatsiyalar va axborot vaziri Rudiantara shunday bayonot bilan chiqqan.

"Agarda lozim bo‘lsa, platformani yopish haqida hech qanday ikkillanishsiz topshiriq beramiz", - deya qayd etib o‘tgan u. Shuningdek uning eslatishicha, o‘tgan yili idora butun mamlakat bo‘ylab Telegram messenjeri faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi.

Bundan tashqari, idora rahbarining xabar berishicha, Facebook vakillaridan Indoneziyada bu ijtimoiy tarmoqning Britaniyaga tegishli Cambridge Analytica tahlil kompaniyasi bilan ehtimoliy hamkorligi bo‘yicha batafil hisobot taqdim etish talab qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha javob kelmadi. Vazirning ta'kidlashicha, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, axborotning sizib chiqishi uchun aybdor bo‘lgan ijtimoiy tarmoq vakillari jiddiy javobgarlikka tortilishi mumkin – 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga qadar.

Ko‘proq yangiliklar: