“Aeroflot” qisqa reyslarda ham internetga ulanish xizmatini joriy qilmoqda

Fan-texnika 23:40 / 03.04.2018 5479

“Aeroflot” kompaniyasi tor fyuzelyajli samolyotlarda parvoz vaqtida yo‘lovchilarga internetga ulanishni taqdim qiladi.

Kompaniya 81 ta samolyotini ko‘ngilochar striming tizimi va Wi-Fi tarmoqlari bilan jihozlaydi. Buni amalga oshirishga tanlovda “Stek.kom” kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. Shartnoma qiymati 52,6 mln dollarni tashkil qiladi. Avval internetga ulanishga uzoq masofalarga uchuvchi keng fyuzelyajli samolyotlargina ega bo‘lgan.

Internetga ulanish Airbus 320 va 321 samolyotlarida joriy qilinadi, ularni tegishli qurilmalar bilan jihozlash 2019 yil oxirigacha davom etadi. Aviakompaniya internetga kirish xizmatini 2018 yil iyulida ishga tushiradi.

Kompaniya vakilining ma'lum qilishicha, internetga bir soat cheklovsiz kirish narxi 800 rublni, butun parvoz uchun esa 1000 rublni tashkil qiladi. Internet tezligi uzoq masofalarga uchuvchi samolyotlardagi 864 Kb/soniyadan farqli, 10 Mb/soniyagacha yetadi. 

Kompaniya parkida hammasi bo‘lib  75 ta Airbus 320 va 38 ta Airbus 321 bor. Kompaniya bu modeldagi samolyotlardan Yevropa va Rossiya ichidagi yo‘nalishlardagi parvozlar uchun foydalanadi.

Ko‘proq yangiliklar: