Roskomnadzor Telegram javob bermayotganini ma'lum qildi

Fan-texnika 18:26 / 02.04.2018 5377

Telegram messenjeri ma'muriyati Roskomnadzorning bildirishnomasiga hamon rasmiy javob bergani yo‘q, deb xabar qilmoqda TASS. Servisga berilgan 15 kunlik muhlat 4 aprel kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

«2 aprel kungi ma'lumotlarga ko‘ra, Roskomnadzor ma'lumot tarqatish tashkilotchisi majburiyatlarini bajarish lozimligi to‘g‘risidagi bildirishnomaga rasmiy javob olmadi, u 20 mart kuni Telegram Messenger Limited’ga yuborilgandi. Biroq ham pochtadan, ham Roskomnadzor elektron manziliga ham na kompaniya egalari, na ma'muriyati, na vakillaridan hech qanday xat kelmadi», - deya xabar berishgan idora matbuot xizmatidan.

Messenjer tomonidan shifrdan chiqarish uchun kalitlarni taqdim etish ma'lumot tarqatish tashkiloti majburiyatlarini bajarish doirasida kerakdir. Telegram tegishli reyestrga 2017 yilda kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram Rossiya FXXga shifrlash kalitlarini berish nega imkonsizligini tushuntirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: