Ilon Mask Tesla «bankrotligi» haqida ma'lum qildi

Fan-texnika 08:13 / 02.04.2018 26293

Tesla asoschisi Ilon Mask kompaniya bankrotlikka yuz tutgani haqida «ma'lum qildi». U tvitterdagi sahifasida 1 aprel kuni munosabati bilan shunday hazil bayonot bergan.

«Pul ishlab topishga qaratilgan keskin sa'y-harakatlarga qaramay, biz shuni afsus bilan xabar beramizki, Tesla butunlay bankrot deb topildi. Shu darajada bankrotki, sizlar hattoki buni tasavvur ham qila olmaysizlar», - deya yozgan Mask.

Uning ta'kidlashicha, AQShning bankrotlik to‘g‘risidagi kodeksida bir necha boblar bor, hamda Tesla, uning so‘zlariga ko‘ra, «ularning barchasini yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi».

«Ilon Tesla Model 3 yonida behush holatda yotgani aniqlandi. Uning yuzlarida qurib qolgan ko‘z yoshlari izlari hamon ko‘rinib turibdi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Mask.

 

Ko‘proq yangiliklar: