Xiaomi kompaniyasi o‘zining Amazfit Smart Sports Watch 2 soatlari taqdimotini o‘tkazdi. "Aqlli" soatlar sport bilan shug‘ullanuvchi va faol turmush tarziga rioya qiluvchi kishilar uchun ayni muddao. Qurilma sotuvlariga start berildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Amazfit Smart Sports Watch 2 displeyi yoqut shisha bilan himoyalangan. Qolgan qismi zanglamaydigan 316L po‘latdan ishlangan mustahkam korpus bilan qoplangan. Shu tariqa ishlab chiqaruvchilar IP68 standartiga muvofiq nam va changdan himoyalanishga erishishgan.
Qurilmani turli ish rejimlariga sozlash mumkin. U foydalanuvchiga 11 turli sport shablonini taqdim eta oladi. Devaysni shu tariqa yugurish, suzish, triatlon, alpinizm, piyoda sayr qilish va boshqalarga sozlash mumkin. Shuningdek qulaylik uchun soatlarning apparat platformasiga GPS-moduli kiritilgan.
Amazfit Smart Sports Watch 2 me'yoriy rejimda qo‘llanilsa, uning batareyasi zaryadi taxminan 5 kunga yetadi. Qurilmadan faol foydalanilganda esa uning akkumulyatori 35 soatgacha ishlaydi.