SU7 sedani 3 xil versiyada 9 xil rangda ishlab chiqariladi. Narxi esa komplektatsiyasiga qarab 29900 dan 41500 dollargacha. Qayd etish joiz, taqdimotdan avval mashinaning narxi 41—69 ming dollar atrofida bo‘lishi aytib kelinayotgan edi.
Elektromobilning bazaviy versiyasi 100 km tezlikka 5,28 soniyada chiqadi, uning maksimal tezligi soatiga 210 km. Bir martalik to‘la quvvat bilan CLTC sikli bo‘yicha 700 km masofa bosib o‘tadi.
Ikkkinchi versiya SU7 Pro deb nomlanib, uning akkumulyator sig‘imi kattaroq. Bu mashinaga bir martalik quvvat bilan 830 km masofa bosib o‘tish imkonini beradi.
Eng top versiya SU7 Max deb nomlanadi. 100 km tezlikka chiqishi uchun atigi 2,78 soniya kifoya qiladi. Maksimal tezligi ham avvalgilaridan yuqori — soatiga 265 km. Ikki elektromotor jami 673 ot kuchini beradi. Bir martalik to‘la quvvatlanish bilan 800 km masofa bosib o‘tish mumkin.
Elektromobilning Pro hamda Max versiyalarini tezkor quvvatlash funksiyasiga ega. Bu orqali 15 daqiqada 510 km masofaga yetadigan quvvatga ega bo‘linadi. Standart versiya esa 15 daqiqada 350 km masofaga yetadigan quvvat bilan ta’minlanadi.
SU7 salonida 4,7 litr hajmli muzlatgich mavjud. Unda ichimliklarni muzlatilgan holda saqlash mumkin.
Elektromobilning hajmi shunday: uzunligi 4997 mm, eni 1963 mm, bo‘yi esa 1455 mm. G‘ildiraklar bazasi 3000 mm. Avtomobilning yukxona sig‘imi hajmi ortida 517 litrni, oldida esa 105 litrni tashkil qiladi.
Xitoyning 29 ta shahrida bugundan sotuvlarga start berildi. Sotuvlar boshlangandan 4 daqiqa o‘tib, Xiaomi SU7 sotuvi 10 ming donadan oshib ketdi. Bu har soniyada 40 tadan ko‘proq mashina sotilganini anglatadi.
SU7 ilk xaridorlariga yetkazib berish aprel oyining so‘ngidan boshlanadi.