Toshkent aeroportida 1,5 mlrd so‘mlik soatni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat 12:38 / 29.08.2024 9131

Fuqaro xalqaro aeroportda 1 yarim mlrd so‘mlik tilla soatni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Bu haqda "Toshkent AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar qilmoqda.

Joriy yilning 24 avgust kuni soat 02:40 larda “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi tegishli tartibda tekshirilgan. 

Natijada unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, deklaratsiyalanmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, qiymati 1 mlrd 540 mln 260 ming so‘mlik 1 dona sariq rangli metalldan yasalgan, oq rangli toshlar bilan bezatilgan Patek Philippe Geneve yozuvli qo‘l soati borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumushdan hamda 65 grammgacha bo‘lgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: