Turkiya razvedkasi Kosovoda Gulenning tarafdorlarini qo‘lga oldi

Foto: aa.com.tr
Turkiyaning milliy razvedka tashkiloti xodimlari Kosovoda ushbu mamlakat razvedka xizmati ko‘magida turk muxolifi Fathulloh Gulen tashkilotining (FETO) 6 nafar a'zosini qo‘lga olib, Turkiyaga yetkazdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Turkiyaga razvedka samolyotida Jixan O‘zkan, Kahramon Demirez, Hasan Husayn Gunakan, Mustafo Erdem, Osman Karakaya va Yusuf Karabin ismli shaxslar yetkazilgan. Ularning barchasi Turkiya sud organlariga topshirilgan.
Anqaraning versiyasiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Bolqon davlatlarida faoliyat yuritib, FETO tarafdorlarining Turkiyadan Yevropa davlatlari va AQShga qochishlarini tashkillashtirgan.
Mavzuga oid

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

10:44 / 17.11.2024
Millatlar ligasida fors-major. Vengriya murabbiyi hushini yo‘qotdi, Ruminiya va Kosovo o‘yinida siyosiy mojaro

22:30 / 02.08.2024
Shimoliy Makedoniyada Kosovo prezidenti bilan mojaroli vaziyat sodir bo‘ldi

08:50 / 17.07.2024