Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zMIda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
2018 yil 23 mart kuni O‘zbekiston Musulmonlari idorasida shu yil 9 fevral kuni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident devoni, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasining rahbar xodimlari, yozuvchi-olimlar, professor-o‘qituvchilar, ulamolar, imom-xatiblar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari qatnashdi.

Tadbir Qur'oni Karim tilovatidan so‘ng, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan filmning namoyishi bilan boshlandi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov tadbirda so‘zga chiqib, Shayx hazratlari Islom dini rivoji yo‘lida bor kuch-quvvatlarini sarflagani, 1990 yilda Markaziy Osiyo respublikalaridan besh yuz kishini Toshkent shahri orqali haj ziyoratiga olib borgani, shu kungacha Shayx hazratning 120 dan ziyod nomdagi diniy-ma'rifiy kitoblari nashr etilgani hamda u kishi asos solgan “Hilol nashr” nashriyoti va uning tizimidagi kitob do‘konlari O‘zbekistondagi mo‘min-musulmonlarning diniy ta'lim olishdagi eng zarur ehtiyojlarini ta'minlab kelayotganini bildirdi.

Joriy yilning 9 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri Chilonzor tumaniga tashriflari asnosida ushbu hududda barpo etilayotgan masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomini berish tashabbusi nafaqat o‘zbekistonliklar, balki xorijiy davlatlardagi musulmonlarni ham xursand qilgani ta'kidlandi. Mazkur masjid bunyod qilinib, uning yonida Hazratning muzeyi tashkil etiladi. Masjid yonida anjumanlar zali barpo etiladi. Majmuaning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan ulamolar, olimlar va din arboblarini jamlab, xalqaro anjuman o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Alloh Taolo o‘z Kalomida "Har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir”, deb marhamat qilganidek, og‘ir mashaqqatli kunlar ortidan, albatta oydin va yorug‘ kunlar bo‘y ko‘rsatadi. Yaratganga shukrki, Shayx hazratlarining faoliyatlari va ijodlariga yuksak e'tibor beriladigan kunlar ham keldi. Bugun biz yodga olib turgan ustozimiz yuksak odob-axloq, go‘zal xulq sohiblari edi”, - dedi Muftiy hazratlari.


So‘zga chiqqan notiqlar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari eng og‘ir davrda O‘zbekiston xalqi, uning tinchligi, odamlarning diniy sohada to‘g‘ri yo‘ldan borishlari uchun juda katta xizmat qilganlari, Oliy ma'hadda o‘qituvchi, keyin rektor, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, muftiylik faoliyatlari xususidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashishdi. Shayx hazratlarining dunyo musulmonlari o‘rtasidagi obro‘-e'tibori juda baland ekani, o‘zlarining chuqur ilmlari, hikmatli so‘zlari va ibratli amallari bilan dinimiz ravnaqiga chin dildan halol xizmat qilish bo‘yicha katta bir maktab tashkil etganlari e'tirof qilindi. U kishining hayot yo‘li va boy merosini o‘rganish hamda xalqimizga yetkazish millat ma'naviyatini oshirishda juda katta foyda berishi alohida qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha memorandum imzolaydi
O‘zbekiston | 15:17
-
O‘zbekiston va Rossiya aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston | 15:06
-
«Uchrashuvga hali erta». Istanbuldagi muzokaralarning qisqacha yakunlari
Jahon | 14:50
-
Germaniyadan bir hafta ichida ikkinchi deportatsiya reysi uchib ketdi
Jahon | 14:46
Mavzuga oid

17:26 / 05.06.2024
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ilmiy merosiga bag‘ishlangan “Peshqadam karvoni” loyihasi sarhisobi bo‘lib o‘tdi

15:00 / 30.08.2023
Marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf taqdirlangan oliy orden uning o‘g‘liga topshirildi

19:57 / 27.06.2023
Marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi

16:46 / 24.05.2022