Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ilmiy merosiga bag‘ishlangan “Peshqadam karvoni” loyihasi sarhisobi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 17:28 / 05.06.2024 3878

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning ilmiy merosini O‘zbekiston bo‘ylab va butun dunyodagi o‘zbekzabon musulmonlarga tarqatishni maqsad qilgan “Peshqadam karvoni” loyihasi 2 yil avval Muslimat.uz sayti, Bintu Sodiq ijtimoiy-ma’rifiy kanallari rahbari Odinaxon Muhammad Sodiq tomonidan yo‘lga qo‘yilgan edi.

Besh yo‘nalishda ish olib borayotgan loyihada barcha ishtirok etishi mumkin. Yo‘nalishlar kitobxonlikni targ‘ib qilish, turli sohalarda xotin-qizlar faolligini oshirish, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlari yuzasidan ilmiy ishlar yozishni qamrab olgan.

Tadbirning asosiy qismida kitobxonlikni targ‘ib qilish yo‘nalishida qilingan ishlar sarhisob qilindi. Respublikaning turli hududlaridagi loyiha bilan hamkorlikda ochilgan kutubxonalarda yil davomida 25 ta kitobxonlik marafonlari o‘tkazildi.

Shuningdek yil davomida e’lon qilingan "Kutubxonangiz bilan o‘rnak bo‘ling" , "Kitobxonlik tadbiri tashkil etish" tanlovlari hamda "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh kitoblarida Ramazon oyi fazilatlari va ro‘zaga doir masalalarning yoritilish tahlili" mavzusidagi maqolalar tanlovi g‘oliblari, samarali faoliyat olib borgan a’zolar, loyihaning eng faol xodimlari taqdirlandi.

Ko‘proq yangiliklar: