Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan “Peshqadam” loyihasi amalga oshirilmoqda  

Jamiyat 16:46 / 24.05.2022 10604

Loyiha juda katta va keng ko‘lamli, ko‘p tarmoqli va eng asosiysi, keng ommaga mo‘ljallangan. «Peshqadam karvoni» loyihasi jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning ilm-fan sohasida bilim olishlariga ko‘maklashish, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan yana biri – fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning ilmiy meroslarini butun O‘zbekiston bo‘ylab, qolaversa, boshqa yurtlardagi o‘zbekzabon musulmonlarga tarqatishdan iborat.

«Peshqadam karvoni» loyihasi barcha uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchi o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda uning birorta bo‘limini tanlashi mumkin.

Loyiha besh yo‘nalishdan iborat:

1. Kutubxonalar tashkil qilish, ularni kitoblar bilan ta’minlash;

2. Kitobxonlik maktabi va uning qoshida tadbirlar tashkillashtirish, Hazratimizning kitoblarini o‘qib o‘rganishda ayol-qizlarimizga ko‘mak berish;

3. Hazratimizning asarlari borasida ilmiy ishlar yozish.

4. Hazratimizning media sohasida amalga oshirgan ishlarini keng targ‘ib qilish.

5. Turli sohalarda ayol-qizlarimizdan mutaxassislar yetishib chiqishiga ko‘mak berish.

Loyihaga a’zo bo‘lishni istaganlar quyidagi botga murojaat qilishlari mumkin: t.me/peshqadam_karvoni_bot

Ko‘proq yangiliklar: