YeI yetakchilari Skripal ishida Rossiyaning qo‘li borligini tan olishdi

Donald Tusk/Foto: Reuters
Yevropa ittifoqi yetakchilari Buyuk Britaniyaning Skripal ishi bo‘yicha pozitsiyasiga qo‘shilishdi. Unga ko‘ra, Rossiya, katta ehtimol bilan, Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalga uyushtirilgan hujum uchun mas'ul ekani aytiladi. Bu haqda Yevrokengash rahbari Donald Tusk ma'lum qildi.
«Yevrokengash Birlashgan Qirollik hukumatining Rossiya Solsberidagi hujum uchun mas'ul ekani haqidagi pozitsiyasiga qo‘shiladi. Bunga boshqa hech qanday izoh ham yo‘qdir», - deya yozgan u tvitterdagi sahifasida.
Avvalroq, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Rossiya butun Yevropa uchun tahdid sanalishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

18:18 / 15.03.2025
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

14:34 / 15.03.2025
Xitoy, Rossiya va Eron barcha noqonuniy sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

11:40 / 15.03.2025