Toshkent metrosida yo‘lovchi o‘zini poyezd yo‘liga tashladi

Jamiyat 00:10 / 20.03.2018 53728

Bugun, 19 mart kuni soat 21:00 atrofida Toshkent metropolitenining «Beruniy» bekatida yo‘lovchilardan biri o‘zini poyezd yo‘liga tashladi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, taxminan 30-35 yosh atrofida bo‘lgan ayol bekatga sekin yurib kelayotgan poyezd yo‘liga o‘zini tashlab yuborgan.

Metropoliten xodimlari uni tezda chiqarib olishgan. Voqea joyiga chaqirilgan shifokor ayolning ruhiy holatida muammolar borligini aniqlagan.

Hozircha uning bu harakati sabablari ma'lum emas.

Ko‘proq yangiliklar: